Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom o‘sishi va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash maqsadida qat’iy sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishi talab etiladi. Ovqatlar faqat sifatli, yangi va tekshirilgan mahsulotlardan tayyorlanadi. Tayyor taomlar belgilangan muddatdan ortiq saqlanmaydi. Ovqat tayyorlash jarayonida tozalik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilinishi kerak.
Oshxona xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi, maxsus kiyimda ishlashi hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi zarur. Bolalar uchun tayyorlanadigan taomlar yoshga mos, foydali bo‘lishi kerak. Oshxona, idish-tovoq, suv va mahsulot saqlanadigan joylar muntazam tozalab, dezinfeksiya qilinishi lozim.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses