Yangiliklar

2025-11-07

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida filtrlash ishlari nazoratga olindi

topics-img

"Gripp va O‘RVI - havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan, aholi, ayniqsa bolalar salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradigan kasalliklardir."

Shu sababli Bo‘zatov tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gripp hamda O‘RVI avj olishining oldini olish va mavsumni asoratlarsiz o‘tkazish maqsadida ertalabki filtrlash ishlari to‘g‘ri tashkil etilganligi nazoratga olinmoqda.

Tekshiruv davomida tarbiyalanuvchilarning:

- Tana harorati maxsus termometrlar orqali o‘lchanishi (klinik belgilarning kuzatilishini tekshirish);
-️O‘quvchilarning umumiy ahvoli ko‘zdan kechirilishi e’tiborga olinmoqda.

Profilaktik tadbirlarning muntazam olib borilishi o‘tkir respirator infeksiyalarning tarqalish xavfini kamaytiradi va ta’lim jarayonini muntazam tashkil etib, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz muhit yaratadi.

Kanalga obuna bo'lish: @qqses