Yangiliklar

2025-06-25

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar orasida gelmintoz kasalligini aniqlash yuzasidan rejali laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.

topics-img

Qo‘ng‘irot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida reja asosida gelmintoz kasalligining oldini olish maqsadida tashqi muhitdan va tarbiyalanuvchilardan namunalar olindi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha tavsiyalar berildi, xodimlar orasida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, kundalik tozalash, zararsizlantirish ishlarini amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga muvofiq olib borish yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses