Maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya holati bo‘yicha rejali tekshiruv o‘tkazildi
Sanepid qo‘mitasi Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Nukus shahrida joylashgan 25-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tasdiqlangan reja-grafik asosida sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida guruh xonalarining sanitariya holati, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, ichimlik suvi ta’minoti, dezinfeksiya tadbirlarining olib borilishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.