Yangiliklar

2025-10-30

šŸ„—Maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini Brakeraj komissiyasi nazorat qilishi shart

topics-img

Bolalar salomatligini saqlash va ularni sifatli, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini o‘rganish bo‘yicha maxsus brakeraj komissiyasi faoliyat yuritadi.
āš•ļø Brakeraj komissiyasi
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri tomonidan har yili alohida buyruq bilan tashkil etiladi.
Komissiyaga quyidagi shaxslar kiradi:
•  muassasa hamshirasi (rais sifatida),
•  tarbiyachi,
•  oshpaz,
•  kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi,
•  ota-onalar yoki ularning vakillari.

šŸ“šBrakeraj komissiyasining asosiy vazifalari:
•  Oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar sifatini tekshirish;
•  Sifat ko‘rsatkichlarini doimiy o‘rganish;
•  O‘rganish natijalari alohida yuritiladigan maxsus brakeraj daftarida qayd etib borish.

šŸ“– Brakeraj daftari
•  Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, mazasi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruxsat berilganligi haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda to‘ldirilib, hamshiraning imzosi bilan tasdiqlanadi.
•  Daftarning birinchi sahifasida komissiyani tasdiqlash haqidagi buyruqdan ko‘chirma joylashtiriladi.
•  Brakeraj daftari yuritilishini komissiya a’zolari doimiy ravishda nazorat qiladi.
•  Daftar tikilgan, raqamlangan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan bo‘lishi kerak.

šŸ„› Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari uchun alohida daftar yuritiladi.
•  Unda mahsulotning ishlab chiqarilgan sanasi, muassasaga qabul qilingan vaqti hamda amal qilish muddati yozib boriladi.
•  Daftar tikilgan, raqamlangan va muhrlangan holda saqlanadi.
•  Daftarning birinchi sahifasida mahsulotlarning saqlanish muddatlari haqidagi jadval ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
•  Bu daftar uchun hamshira va muassasa mudiri bevosita mas’ul hisoblanadi.

šŸ½ Tayyor taomlardan sinama olish tartibi:
•  Har kuni tayyorlangan taomlardan tarqatilishidan 15–20 daqiqa oldin maktabgacha ta’lim muassasasi hamshirasi tomonidan kunlik sinama olinadi.
•  Sinama toza idishga solinib, idishning ustki qismiga taomning nomi, tayyorlangan va sinama olingan vaqti yozilgan yorliq yopishtirilgan holda, sovutgich yoki boshqa sinama sifatiga ta’sir qilmaydigan sharoitda to‘liq bir sutka saqlanadi. 

šŸ› Mahsulotlarni qabul qilish tartibi:
•  Ta’minotchilar tomonidan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari faqat brakeraj komissiyasi ko‘rigidan so‘ng muassasaning ombor mudiri tomonidan omborxonaga qabul qilib olinadi.
•  Komissiya mahsulotlarning sifatini kafolatlovchi hujjatlar (sertifikat, markirovka) mavjudligi, shartnomada belgilangan narxi va mahsulotning tavsifiga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
•  Qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda saqlanadi va sarflanadi.

 šŸ· Omborxona hisobi:
•  Omborga keltirilgan mahsulotlar va oshxonaga berilgan oziq-ovqatlar maxsus daftar orqali qayd etiladi.
•  Ushbu daftarni yuritish uchun ombor mudiri mas’uldir.

āœ… Barcha jarayonlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me’yorlariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

āš”ļø Sanepidqo'mita Axborot xizmati