Yangiliklar

2026-01-21

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom sharoitlar yaratilganligi holati o‘rganilmoqda

topics-img

Bolalar salomatligi va xavfsizligi — jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz, sanitariya-gigiyenik va sog‘lom sharoitlar yaratilganligi holati o‘rganib chiqilmoqda.

🔍O‘rganishlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
🔹 guruh xonalari, yotoq va o‘yin maydonlarining sanitariya holati;
🔹 ovqatlanish bloklarida gigiyenik talablarning bajarilishi;
🔹 ichimlik suvi sifati va suv ta’minoti holati;
🔹 shamollatish, yoritish va isitish tizimlarining me’yorlarga mosligi;
🔹 bolalar va xodimlar uchun yaratilgan xavfsizlik sharoitlari;
🔹 tozalash va dezinfeksiya ishlarining belgilangan tartibda olib borilishi.

📋Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ul rahbar va xodimlarga tushuntirishlar berilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

❗️Bunday nazorat tadbirlari bolalarning sog‘lom muhitda tarbiyalanishi, kasalliklarning oldini olish hamda ota-onalar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

✅Sog‘lom bola — sog‘lom kelajak!

Kanalģa aģza bolıw: @qqses

videoni ko'rish uchun:

https://qoraqalpoq.sanepid.uz/uploads/topics/17689963576338.MP4