Yangiliklar

2026-01-19

🧒📚 Maktab o‘quvchilarida vitamin va mikroelementlar tanqisligining oldini olish — sog‘lom kelajak garovi

topics-img

Bolalar organizmi o‘sish va rivojlanish davrida vitamin hamda mikroelementlarga ayniqsa muhtoj bo‘ladi. Ularning yetishmovchiligi o‘quvchilarda tez charchash, diqqatning pasayishi va immunitetning susayishiga olib kelishi mumkin.
✅ Oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish zarur?
🥗Muvozanatli ovqatlanish
Kundalik ratsionda sabzavot va mevalar, sut va sut mahsulotlari, go‘sht, baliq, tuxum hamda dukkaklilar bo‘lishi shart.
🧂Yodlangan tuzdan foydalanish
Yod tanqisligi aqliy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uyda va maktab oshxonalarida faqat yodlangan tuz ishlatilishi lozim.
🥛 Kalsiy va D vitamini manbalari
Suyak va tishlar mustahkamligi uchun sut mahsulotlari hamda quyosh nuri muhim ahamiyatga ega.
🩺 Tibbiy nazorat
Bolalarni muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va shifokor tavsiyalariga amal qilish zarur.
📣Sog‘lom ovqatlanish — sog‘lom avlod asosi!

Kanalǵa aǵza bolıw: @qqses