Mahsulotlarni eksport qilishda sanitariya xavfsizligi masalalari bo‘yicha uchrashuv
Xo‘jayli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i eksportyor korxona rahbari bilan uchrashdi.
Suhbat davomida tashqi bozorga mo‘ljallangan mahsulotlarni saqlash, tashish va yuklab jo‘natishda sanitariya me’yorlariga rioya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Idishlarning tozaligi, harorat sharoiti va tegishli hujjatlarga qo‘yiladigan talablarga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash va eksportga chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida bundan buyon ham hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses