Yangiliklar

2026-07-22

Mahallalarda sanitariya madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari kuchaytirilmoqda

topics-img

Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi o‘rtasida sanitariya madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi tadbir “Tele markaz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etildi. Mutaxassislar uyma-uy yurib, fuqarolarni sanitariya bilan bog‘liq masalalar yuzasidan xabardor qildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Targ‘ibot davomida gepatit A, quturish, gelmintoz, leyshmanioz, kuydirgi, turli ko‘rinishdagi ovqatdan zaharlanishlar hamda o‘tkir ichak yuqumli kasalliklarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, xonadon va uning atrofini ozoda saqlash, maishiy chiqindilarni faqat maxsus belgilangan joylarga tashlash zarurligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.