Yangiliklar

2026-07-28

Mahallalar obodligi yo‘lida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

topics-img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-shafqat oyligi” doirasida respublikamizning barcha hududlarida obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash hamda aholi yashash maskanlarini yanada fayzli va ozoda saqlashga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Nukus shahrida ham ushbu tashabbus doirasida ko‘chalar, mahallalar va jamoat joylarida obodonlashtirish hamda tozalik ishlari izchil olib borilmoqda. Ko‘chalar va piyodalar yo‘laklari tartibga keltirilib, yashil hududlar parvarishlanmoqda, hududlarni sanitariya talablariga muvofiq saqlash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

“Mahallabay” ishlash tizimi asosida aholining sanitariya madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, noqonuniy chiqindi to‘planishining oldini olish va sanitariya qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari ham davom ettirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Har birimiz xonadonimiz va uning atrofini ozoda saqlash, tozalik qoidalariga amal qilish orqali mahallamizning yanada obod bo‘lishiga hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishga munosib hissa qo‘shamiz. Zero, ozoda va obod mahalla — sog‘lom jamiyat garovidir.