“Mahallabay” dasturi doirasida sanitariya xizmatining ustuvor vazifalari
“Mahallabay” dasturi asosida mahallalarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Yuqumli kasalliklarning oldini olish
Mahallalarda epidemiologik holat doimiy monitoring qilinib, kasalliklar tarqalishining oldi olinmoqda.
✅ Sanitar-ma’rifiy targ‘ibot ishlari
Aholi o‘rtasida shaxsiy gigiyena, toza ichimlik suvidan foydalanish, ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar olib borilmoqda.
✅ Oziq-ovqat va ichimlik suvi xavfsizligi
Savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya qoidalariga rioya etilishi o‘rganilib, profilaktik choralar ko‘rilmoqda.
✅ Kasallik o‘choqlari bilan tezkor ishlash
Zarurat tug‘ilganda epidemiologik tekshiruvlar o‘tkazilib, dezinfeksiya tadbirlari tashkil etilmoqda.
📌 Asosiy maqsad — kasalliklarning oldini olish, sog‘lom muhit yaratish va sog‘lom mahalla orqali sog‘lom jamiyatni shakllantirish.