Yangiliklar

2025-05-30

Loyiha doirasida tuz ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

topics-img

Loyiha doirasida tuz ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kecha osh tuzi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib, unda mahsulotlar sifati, ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida sanitariya talablariga rioya qilishning ahamiyati haqida so‘z bordi.

Tadbir doirasida tegishli mutaxassislar yod tanqisligi holatlarining oldini olishda yodlangan tuzning ahamiyati mavzusida seminar o‘tkazdi. Arzon va samarali yod manbalari sifatida yodlangan tuzga bo‘lgan doimiy ehtiyojni qondirish va aholi xabardorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Muhokamadan so‘ng ishtirokchilar osh tuzi ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, bu yerdagi texnologik ish jarayoni, sifat nazorati tizimi va gigiyenik me’yorlarga rioya etilishi bilan yaqindan tanishdi.

Ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik mahsulotlar sifatini yaxshilash va aholi salomatligini saqlash sohasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasidagi muhim qadamdir.

 

videoni ko'rish uchun:

https://youtu.be/ag3WtbBqbCM

 

Kanalga a’zo bo‘lish: @qqses