Yangiliklar

2025-07-03

leyshmanioz kasalligiga doir seminar.

topics-img

leyshmanioz kasalligiga doir seminar.

Kecha yetakchi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi:

🔹 Yonsei universiteti tibbiyot kolleji (Seul, Koreya Respublikasi)
🔹 Esvatini tibbiyot xristian universiteti (Esvatini)
🔹 Kvandong universiteti (Koreya Respublikasi)
🔹 shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmamiz mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuvda leyshmanioz kasalligini aniqlash, uning oldini olish va davolashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar kasbiy tajriba almashib, ilmiy taqdimotlar bilan qatnashdi, ushbu kasallikka qarshi kurashishning zamonaviy usullarini muhokama qildi.

Bunday tadbirlar sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va mutaxassislar malakasini oshirishga xizmat qiladi.

 

videoni ko'rish uchun:

https://qoraqalpoq.sanepid.uz/uploads/topics/17518621241662.MP4

 

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses