Aholi iste’mol qilayotgan makaron mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ular laboratoriya sharoitida quyidagi bosqichlar asosida tekshiriladi:
➡️ 1. Tashqi ko‘rinishini baholash:
Makaronning rangi, shakli, sinmaganligi va begona aralashmalar mavjudligi ko‘zdan kechiriladi.
➡️ 2. Organoleptik tekshiruv:
Hidi, ta’mi va pishirilgandan keyingi holati (yopishqoqlik, yumshoqlik) baholanadi.
➡️ 3. Fizik-kimyoviy tahlillar:
Namlik miqdori
Kislotalilik darajasi
Oqartiruvchi yoki ruxsat etilmagan qo‘shimchalar bor-yo‘qligi aniqlanadi.
➡️ 4. Mikrobiologik tekshiruv:
Zararli mikroorganizmlar (mog‘or, bakteriyalar) mavjudligi tekshiriladi.
➡️ 5. Qadoqlash va yorliqlash nazorati:
Mahsulot yorlig‘ida ishlab chiqaruvchi, tarkibi, ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati to‘g‘ri ko‘rsatilgani tekshiriladi.
🛡 Sog‘lom ovqatlanish — sifatli mahsulotdan boshlanadi!
⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati