🔹Bugungi kunda kremli tortlar har bir oilaning dasturxonini ayniqsa bayram kunlari bezab turadi.
✓ Kremli tortlarni tayyorlash uchun odatda sut, qaymoq, sariyog‘, tuxum qo‘shiladi. Krem tayyorlashda sut, tuxum, qaymoq ishlov berilmasdan ishlatiladi, bu mikroorganizmlarning ko‘payishiga olib keladi.
✓ Kremli tortlar tayyorlashda sanitariya talablariga amal qilmaslik oqibatida ifloslangan qo‘llar, idishlar, mahsulotlar orqali bakteriyalar kremga tushadi. Kremga stafilokokklar, ichak tayoqchasi, salmonella bakteriyalari tushsa organizmda zaharlanish va kuchli diareya bilan kechadigan ichak infeksiyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Kremli tortlarni muzlatkichda -2 dan -6 darajagacha 6 soatgacha saqlashga ruxsat etiladi.
!!️Kremli tortlarning saqlash muddatiga rioya qilish mahsulotning xavfsizligi va sifatini
ta’minlaydi.
Kremli mahsulotlarni sotib olayotganda uning tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlariga albatta e’tibor bering. O‘z sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang!
Kanalga a’zo bo‘lish: @qqses