Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo‘limlarida 2025-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi.
✅ 2025-yilda boshqarma va hududiy bo‘limlarda korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmalari tomonidan Chora-tadbirlar rejasi va “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
🔍 2025-yil II–III choraklarida Amudaryo, Qo‘ng‘irot, Kegeyli va Bo‘zatov tuman bo‘limlarida ichki nazorat tuzilmalarining ish yuritish uslublari o‘rganildi.
🌐 Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot materiallari:
🔗 qoralpoq.sanepid.uz
🔝 fb.me/qqses.uz
🔝 Telegram: @qqses
rasmiy sahifalarda joylashtirildi.
🎓 2025-yil 26-avgust kuni rahbariyat, mutaxassislar hamda Adliya vazirligi va IIB vakillari ishtirokida video-seminar o‘tkazildi.
🎥 Konstitutsiyaning 33 yilligiga bag‘ishlab “Mening Konstitutsiyam” shiori ostida videoroliklar tayyorlandi.
📅 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan OAV ishtirokida tadbir o‘tkazilib, teleradiokanallarda yoritildi.
💻 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Virtual akademiya orqali barcha xodimlar bosqichma-bosqich o‘qitilib, sertifikatlarga ega bo‘lmoqda.
Kanalǵa aǵza bolıw: @qqses