Joriy yilning 12–13-may kunlari Koreya Respublikasidan leyshmanioz kasalligini tarqatuvchi chivinlarni o‘rganish va ularni ushlash usullari bo‘yicha professorlar Taxtako‘pir tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tuman entomologlari bilan hamkorlikda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mutaxassislar chivinlarni aniqlash, ushlash hamda ularning tarqalishini o‘rganish bo‘yicha tajriba almashdilar.
Mazkur hamkorlik hududda leyshmanioz kasalligining oldini olish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda mutaxassislar malakasini oshirishga xizmat qiladi.