Koreyalik olimlar tajribasi Taxtako‘pirda
Taxtako‘pir tumanida leshmanioz kasalligining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga xorijiy mutaxassislar ham jalb etilmoqda.
Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan olimlar hududdagi mutaxassislar bilan uchrashib, chivin va hasharotlarni o‘rganish hamda tutish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, ular mutaxassislarni maxsus asbob-uskunalar bilan ta’minladi.
Mazkur uskunalar yordamida leshmanioz kasalligini tashuvchi moskitlar tutib olinib, ularning turlari va kasallik tarqatishdagi epidemiologik ahamiyati o‘rganilmoqda.
Bunday hamkorlik kasallikning oldini olish, uning tarqalish xavfini baholash va samarali profilaktik choralarni kuchaytirishga xizmat qiladi.