Yangiliklar

2026-05-07

Kegeylidan gapiramiz

topics-img

Kegeyli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi mutaxassislari tomonidan “Aktuba” OFY hududidagi xonadonlarning  “Mahallabay” tizimi asosida sanitariya holatlari o‘rganildi. Fuqarolarga uy atroflarini toza saqlash, sanitariya qoidalariga rioya qilish hamda sog‘lom turmush tarzining foydalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

🔹Shuningdek, aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari tashkil etilib, tarqatma materiallar ulashildi.

🍦Bundan tashqari, tumandagi muzqaymoq savdo o‘rinlarida ham nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ochiq holda sotilayotgan mahsulotlarning salomatlik uchun xavfi haqida tushuntirishlar berildi.