Sir emas, bugungi kunda bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri bu - gelmintoz (qurt) kasalligi hisoblanadi.
Shu asosda aynan ushbu kasallikning oldini olish maqsadida joylarda doimiy ravishda nazorat va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, kuni kecha Kegeyli tumanidagi 23-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari gelmintoz kasalligiga tekshirildi. Shuningdek, ularga ushbu kasallikning oldini olishda nimalarga e’tibor qaratishlari lozimligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.