Kegeyli tumanidagi tibbiyot muassasasida sanitariya-epidemiologik nazorat o‘tkazildi
Kegeyli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan Kegeyli tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 27-sonli shifokorlik punktida reja-grafik asosida sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida amaldagi SanPiN talablari hamda tegishli me’yoriy hujjatlar ijrosiga rioya etilishi o‘rganildi. Shuningdek, bakteriologik laboratoriya tekshiruvlari uchun xonalar havosi, tashqi buyumlar yuzasi hamda tibbiyot xodimlaridan stafilokokk tashuvchanligini aniqlash maqsadida namunalar olindi.
Mazkur nazorat tadbirlari tibbiyot muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, infeksion kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.