Kegeyli tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-epidemiologik barqarorlikni oshirish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan tarbiyachilar hamda bog‘cha administratsiyalari ishtirokida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etishning ahamiyati, tozalikka oid me’yorlarga amal qilishning afzalliklari haqida treninglar tashkil etildi.
Tadbir davomida mavsumiy havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan infeksiyalar — xususan, gripp va O‘RVI kasalliklari profilaktikasi, bolalar salomatligini asrash va gigiena madaniyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses