Kegeyli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan aholining grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan seminarlar o‘tkazilmoqda.
Kuz-qish davri boshlanishi bilan gripp bilan kasallanish xavfi sezilarli darajada ortadi. Seminarlar davomida mutaxassislar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, immunitetni mustahkamlash, kasallikning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilan o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish qanchalik muhimligini tushuntiradi, shuningdek, grippga qarshi emlashning foydasi haqida gapiradi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kasallanish darajasini pasaytirish va tuman aholisi o‘rtasida infeksiya tarqalishining oldini olishdan iborat.
Kanalga obuna bo'lish: @qqses