Yangiliklar

2026-08-07

Kegeyli tumanida ariqlar suvi sifatini nazorat qilish bo‘yicha laboratoriya tahlillari o‘tkazildi

topics-img

San-epid qo‘mitasi Kegeyli tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan yillik ish rejasiga muvofiq aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va suv orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish maqsadida navbatdagi laboratoriya nazorati ishlari amalga oshirildi.

Monitoring davomida "Jiluan jap" kanali hamda Rismambetov ko‘chasi hududidagi ariqlardan A-00 (virusli gepatit A) kasalligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari uchun suv namunalari olindi.

Olingan namunalar belgilangan tartibda laboratoriyaga yetkazilib, sanitariya-gigiyena va epidemiologik ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra zarur profilaktik chora-tadbirlar belgilanadi.

San-epid qo‘mitasi tomonidan ichimlik suvi sifatini muntazam nazorat qilish, aholi salomatligini muhofaza etish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan bunday monitoring ishlari yillik reja asosida izchil davom ettirilmoqda.