Kasallikning oldini olish — xonadondagi tartibdan boshlanadi
Salomatlikni asrash faqat tibbiy muassasalarda emas, har bir xonadonda boshlanadi. Tozalik, shaxsiy gigiyena va sanitariya qoidalariga amal qilish yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim omillardan biridir.
Beruniy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan "Biybazar" OFY hududida “mahallabay” ishlash tamoyili asosida xonadonlarda tushuntirish ishlari olib borildi.
Jarayon davomida xonadonlarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, ozodalikka e’tibor qaratish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha aholiga zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Zero, sanitariya qoidalariga rioya qilish — kasallikni davolashdan avval uning oldini olishga xizmat qiladigan muhim choradir.