Boshqarmamizning hududiy bo‘limlari tegishli mutaxassislari tomonidan shahar va tumanlardagi Tibbiyot birlashmalarida rejali grafik asosida nazoratlar olib borilmoqda.
Xususan, o‘tgan hafta davomida aynan shunday tadbirlar Qonliko‘l va Qorao‘zak tumanlarida o‘tkazildi.
Bunda asosan davolash-profilaktika muassasalarining sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya qilishi laboratoriya-instrumental usulda o‘rganilib, tegishli joylardan surtmalar va havo namunalari olindi, shuningdek, belgilangan hujjatlarning bajarilishi tekshirildi.
Kanalga a’zo bo‘lish: @qqsess