Yangiliklar

2026-06-02

Issiqda sotilgan xavfli go‘sht: 68 kilogramm mahsulot yo‘q qilindi!

topics-img

To‘rtko‘l tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida “El-Rizqi dehqon bozori” hududida hamkorlikdagi tezkor profilaktik reyd o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida sanitariya talablariga rioya qilinmagan holda, ochiq sharoitda sotilayotgan 68 kg xom tovuq go‘shti aniqlanib, iste’molga yaroqsiz deb topildi va belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Mutaxassislar fuqarolarni yozgi issiq kunlarda go‘sht va boshqa tez buziluvchi mahsulotlarni faqat sovutish uskunalari bilan jihozlangan savdo nuqtalaridan xarid qilishga chaqirmoqda.

Aholi salomatligini muhofaza qilish va ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar davom etmoqda.