Yangiliklar

2026-09-14

Infeksion xavfsizlik — doimiy e’tiborda

topics-img

Beruniy tumanidagi ko‘p tarmoqli poliklinikada sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan profilaktik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

 Hususan, stomatologiya va LOR kabinetlarida mikroiqlim sharoiti, sanitariya-gigiyena holati hamda infeksion xavfsizlik talablari o‘rganildi.

Shuningdek, infeksion xavflarning oldini olish maqsadida bakteriologik tekshiruvlar uchun havo namunalari va yuzaki surtmalar olindi.

Aytib o'tish joiz, mazkur tadbirlar tibbiyot muassasasida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini baholash va infeksiyalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan.