💉 Immunizatsiya yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun o‘quv seminari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan Respublikamizdagi birlamchi davolash-profilaktika muassasalarida immunizatsiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tibbiyot mutaxassislari uchun malaka oshirishga qaratilgan ikki kunlik seminar tashkil etildi.
Seminar davomida:
🔹 qizamiq, meningit va odam papilloma virusi profilaktikasi;
🔹 boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash;
🔹 emlashdan keyingi nojo‘ya holatlarni o‘rganish;
🔹 aholi o‘rtasida xavfsiz emlashni tashkil etish;
🔹 shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
📅 Seminar 29–30-iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur seminar mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda olingan bilim va tajribalarni hududlardagi emlash ishlariga mas’ul xodimlarga yetkazishga xizmat qiladi.