Yangiliklar

2026-07-07

Ilk bor sayyor o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi!

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan shifokorlarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida ilk bor sayyor o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tashabbus joriy yilning may oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasidan boshlandi. Endilikda mutaxassislar ish joyidan uzoqlashmagan holda zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash, malakasini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, jamoat salomatligini mustahkamlash, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish, shuningdek, amaliy faoliyatda uchraydigan dolzarb masalalar yuzasidan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.