Ichimlik suvi sifatini nazorat qilish bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda
Xo‘jayli tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bo‘lim tarkibidagi sanitariya laboratoriyasida ichimlik suvi namunalari belgilangan tartibda laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilmoqda. Tekshiruvlar zamonaviy asbob-uskunalar yordamida, amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Olingan laboratoriya natijalari asosida aholi salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olish, sanitariya holatini yaxshilash hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.