Ichimlik suvi: qaysi biri xavfsiz – filtrlanganmi yoki qaynatilganmi?
Ichimlik suvi sifati inson salomatligi uchun eng muhim omillardan biridir. Ammo ko‘pchilikni bir savol qiynaydi: qaysi biri xavfsizroq — qaynatilgan suvmi yoki filtrlangan suv?
🔬 Mutaxassislar fikricha, har ikkala usulning o‘ziga xos afzallik va kamchiliklari bor.
💧 Qaynatilgan suv
Qaynatish — eng oddiy va keng tarqalgan usul. U suvdagi bakteriya va viruslarni yo‘q qiladi. Shu sababli infeksiyalardan himoya qilishda samarali hisoblanadi.
Ammo qaynatish suv tarkibidagi og‘ir metallar, tuzlar yoki kimyoviy moddalarni yo‘q qilmaydi. Ba’zi hollarda ular hatto konsentratsiyalanib qolishi mumkin.
💧 Filtrlangan suv
Zamonaviy filtrlar suvni mexanik aralashmalar, xlor, og‘ir metall va ba’zi zararli moddalardаn tozalashga yordam beradi. Ta’mi ham yaxshilanadi.
Lekin filtr o‘z vaqtida almashtirilmasa, aksincha bakteriyalar to‘planadigan manbaga aylanishi mumkin.
⚖️ Xulosa
Eng xavfsiz variant — bu ikkala usulni birgalikda qo‘llash:
avval suvni filtrdan o‘tkazib, so‘ng qaynatish.
⚠️ E’tibor bering:
• Filtrlarni vaqtida almashtiring
• Suvni ochiq holda saqlamang
• Shubhali suvni har doim qaynatib iching
💡 Esda tuting, toza suv — sog‘lom hayot garovi!