Yangiliklar

2025-10-31

📣Grippga qarshi emlanish haqida: mish-mish va haqiqat

topics-img

1️⃣ Mish-mish: Emlash faqat grippning bir turidan himoya qiladi, boshqasi bilan baribir kasallanish mumkin. 
Haqiqat: Har mavsum uchun vaksina yangilanib, aynan shu yilda tarqalishi mumkin bo‘lgan virus shtammlarini qamrab oladi. Emlash natijasida gripp bilan kasallanish holati keskin kamayadi.

2️⃣ Mish-mish: Emlashdan keyin gripp bilan og‘rish mumkin. 
Haqiqat: Vaksinada faol virus bo‘lmaydi, shuning uchun undan gripp yuqishi mumkin emas.

3️⃣Mish-mish: Faqat sog‘lom odamlargina emlanishi mumkin. 
Haqiqat: Aksincha, emlash ayniqsa xavf guruhidagi odamlar uchun juda muhim — keksalar, bolalar, surunkali kasalligi borlar, shifokorlar, o‘qituvchilar va ijtimoiy soha xodimlari uchun tavsiya etiladi.

4️⃣Mish-mish: Bir marta emlansa, bir necha yilga yetadi. 
Haqiqat: Gripp virusi har yili o‘zgaradi, shu sababli emlanish har mavsumda bir marta amalga oshirilishi lozim.

❗️Eslatma: Emlangan odamlar odatda gripp bilan og‘rimaydilar. Agar shunday bo‘lib qolsa ham, kasallik yengil kechadi va asoratlarsiz o’tadi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati