Yangiliklar

2025-11-03

Gripp va O‘RVI profilaktikasi bo‘yicha tibbiy xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi

topics-img

Qorao‘zak tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida oilaviy poliklinika xodimlariga gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI)ning yuqish yo‘llari, asoratlari hamda aholiga kuz-qish mavsumini asoratlarsiz o‘tkazish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, tibbiyot maskanlarining mavsumiy kasalliklarga qarshi tayyorgarlik darajasi ham baholandi.

Tibbiy xodimlarga aholiga mavsumiy kasalliklarning oldini olish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va immunitetni mustahkamlash haqida muntazam tushuntirish ishlari olib borish zarurligi eslatib o‘tildi.

 Kanalga obuna bo'lish: @qqses