Moynoq tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI)ning yuqish yo‘llari, asoratlari hamda kuz-qish mavsumini sog‘lom o‘tkazish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida bolalarga sovuq mavsumda o‘z sog‘lig‘ini asrash, gigiyena qoidalariga rioya qilish va immunitetni mustahkamlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va mavsumiy kasalliklarning oldini olishdir.
Kanalga obuna bo'lish: @qqses