Yangiliklar

2025-11-03

Gripp va O‘RVI kasalliklariga qarshi targ‘ibot ishlari davom etmoqda

topics-img

Beruniy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI)ning yuqish yo‘llari, asoratlari hamda bolalar sog‘lig‘iga xavfi haqida targ‘ibot seminari o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘qituvchilarga kasalliklarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, maktab jamoasi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va gigiyena qoidalariga rioya etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Bunday seminarlarni o‘qituvchilar ishtirokida muntazam tashkil etish ularning o‘quvchilar sog‘lig‘iga e’tiborini oshiradi, profilaktika chora-tadbirlarini ta’lim muassasalarida samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

Kanalga obuna bo'lish: @qqses