Go‘shtning rangi sizni aldamasin!
Bozorda go‘sht tanlayotganda ko‘pchilik birinchi navbatda uning rangiga qaraydi. Ammo faqat rangiga qarab go‘shtning sifatini aniqlash mumkinmi? 🤔
❌ Yo‘q!
Go‘sht xarid qilayotganda quyidagilarga e’tibor bering:
👃 Hidi — begona, achigan yoki yoqimsiz hid bo‘lmasligi kerak.
👀 Tashqi ko‘rinishi — yuzasi haddan tashqari yopishqoq yoki shilimshiq bo‘lmasligi lozim.
✋ Tuzilishi — yangi go‘sht zich va elastik bo‘ladi.
🌡 Saqlanish sharoiti — go‘sht belgilangan haroratda, sanitariya talablariga rioya qilingan holda saqlanishi muhim.
📌 Eng muhimi, go‘shtni ishonchli savdo nuqtalaridan xarid qiling va mahsulotning veterinariya-sanitariya nazoratidan o‘tganiga e’tibor bering.
Esda tuting: chiroyli ko‘rinish — xavfsizlik kafolati emas. Sog‘liq uchun xaridorning hushyorligi ham muhim! 🛒🥩