Yangiliklar

2025-11-14

Gepatit B ning oldini olishda nimalar muhim?

topics-img

Gepatit B - jigarni zararlaydigan xavfli virusli infeksiya. Uning oldini olishning eng samarali usuli - vaksinatsiya. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar 24 soat ichida, keyin esa belgilangan grafik asosida emlanishi shart.
Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish ham muhim: bir marta ishlatiladigan shpris, steril asboblar, shaxsiy soqol oluvchi buyumlardan umuman foydalanish mumkin emas.
Qon bilan bog‘liq muolajalar (tatuirovka, pirsing, stomatologiya) faqat sanitariya talablariga rioya qilinadigan joylarda amalga oshirilishi kerak.
O‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tish, xavf guruhidagi shaxslarning profilaktik nazorati va emlanish holatini yangilab borish gepatit B tarqalishini sezilarli kamaytiradi.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses