Yangiliklar

2025-06-04

Gepatit A ga qarshi emlash: ota-onalar uchun e’lon

topics-img

Hurmatli Prezidentimizning Qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 yoshli bolalarni virusli Gepatit A kasalligiga qarshi bepul emlash boshlandi.

Gepatit A - o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, iflos qo‘llar, suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Kasallik haroratning ko‘tarilishi, holsizlik, qorinda og‘riq, sariqlik bilan kechadi. Eng zaif qatlam - bolalar.

✅ Hududga sinovdan o‘tgan Olvaxtar Hav vaksinasi olib kelindi va emlash ishlari boshlab yuborildi.

✅ Hurmatli ota-onalar!
Agar farzandingiz 6 yoshda bo‘lsa va virusli Gepatit A kasalligi bilan shu kungacha kasallanmagan bo‘lsa, kechiktirmasdan territorial poliklinikaga borib vakcinani olishingizni so‘raymiz. Emlash xavfsiz, samarali va bepul amalga oshiriladi.

Bolalar salomatligi - umumiy ustuvor masala!

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses

 

videonı kóriw`ushın:
https://qoraqalpoq.sanepid.uz/uploads/topics/17494460355357.mp4