Yangiliklar

2026-09-02

Gelmintoz kasalliklarining oldini olish bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi

topics-img

Qo‘ng‘irot tumanida gelmintoz kasalliklarining oldini olish maqsadida rejali laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi.

 Qo‘ng‘irot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 24 tasida laboratoriya usulida o‘rganish ishlari olib borildi.

 Tekshiruvlar davomida tashkilotlarda sanitariya-gigiyena holati, kundalik tozalash va zararsizlantirish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi, xodimlarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi hamda qo‘l tozaligiga e’tibor qaratilishi o‘rganildi.

 Shuningdek, gelmintoz kasalliklarining oldini olish va gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, tegishli choralar ko‘rildi.