Yangiliklar

2026-04-15

Gaz va benzin quyish shoxobchalari ham sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishi kerak. Xo‘jayli tumanida bu bo‘yicha nazorat o‘tkazildi

topics-img

Xo‘jayli tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi avtomobillar uchun gaz va benzin quyish shoxobchalarida nazoratlar o‘tkazildi.
Unda xodimlarga ish joyining tozaligi, ish vaqtida maxsus kiyimdan foydalanish, qo‘llarni tez-tez yuvib, dezindeksiya qilish, shuningdek, chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqib ketish zarurligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.