Favqulodda vaziyatlarga shaylik sinovdan o‘tkazildi
Shumanay tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda tumandagi hamkor tashkilotlar ishtirokida Shumanay tumani hokimligi binosida yong‘in o‘chirish bo‘yicha amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish, yong‘inni bartaraf etish, fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy harakatlar bajarildi.