Favqulodda vaziyatlarga shaylik ko‘rigi doirasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Beruniy tumanida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, hamkor tashkilotlarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarini takomillashtirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tezkor bartaraf etish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tegishli xizmat va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda kuch va vositalarni safarbar etish, aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari tomonidan favqulodda vaziyatlarda sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, dezinfeksiya tadbirlarini o‘z vaqtida tashkil etish hamda sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida barcha xizmatlarning o‘zaro hamkorligi, tezkorligi va shaylik darajasi sinovdan o‘tkazildi. Yakunda ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.