Yangiliklar

2026-06-26

Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda

topics-img

Beruniy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda Beruniy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida Beruniy tumanida joylashgan ERIZON supermarketida maxsus o‘quv-amaliy mashg‘ulot (ucheniye) o‘tkazildi.

Mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash hamda xodimlarning bunday holatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida amaliy harakatlar bajarilib, ishtirokchilarga favqulodda holatlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, evakuatsiya tartibi hamda dastlabki harakatlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.