BMTning UNICEF fondi bilan hamkorlikda "favqulodda vaziyatlarda tezkorlik bilan javob qaytarish" mavzusida seminar treninglar tashkil etilgan bo‘lib unda jamoat salomatligi sohasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha xalqaro ekspert - Jeyms Banaski va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasidan milliy maslahatchi - Lola Xo‘jamberdiyevalar favqulodda vaziyatlarda, xususan o‘ta xavfli infeksiyalar tarqalishi xavfiga javob qaytarish bo‘yicha tayyor keyslar va misollar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy safarda bo‘lmoqda, trening ishtirokchilari bular - Sanitariya-veterinariya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari.
Bunday treninglar jamoat salomatligi sohasida favqulodda vaziyatlarga javob berish markazlarini rivojlantirishda va tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses