Bugungi kunda "fast food" mahsulotlari tez tayyorlanishi va qulayligi sababli keng iste’mol qilinmoqda. Biroq sanitariya-epidemiologik nuqtayi nazardan bunday ovqatlar sog‘liq uchun bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Fast food tarkibida ortiqcha yog‘, tuz, shakar va sun’iy qo‘shimchalar ko‘p bo‘lib, ularning muntazam iste’moli oshqozon-ichak kasalliklari, semizlik, yurak-qon tomir xastaliklari va qandli diabet rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, gigiyenik talablar to‘liq ta’minlanmagan sharoitda tayyorlangan fast food mahsulotlari ovqatdan zaharlanish, ichak infeksiyalari va parazitar kasalliklar xavfini oshiradi. Noto‘g‘ri saqlash va moy va frityurlarni qayta-qayta qizdirish mikroorganizmlar ko‘payishi uchun qulay muhitga aylanadi.
Tavsiyalar:
• Sertifikatlangan va sanitariya talablariga javob beradigan ovqatlanish shoxobchalarini tanlang
• Fast food iste’molini cheklang
• Uy sharoitida sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishga ustunlik bering
• Bolalar va o‘smirlar ratsionida fast food mahsulotlarini kamaytiring
ā Sog‘lom ovqatlanish – jamoat salomatligining muhim omili!
Qaraqalpaqstan Respublikası Sanitariya epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması
Málimleme xızmeti