Ko‘pchiligimiz eshik tutqichlarini oddiy buyum deb o‘ylaymiz. Ammo mutaxassislar ta’kidlashicha, aynan shu joyda minglab mikroblar to‘planishi mumkin.
Nega xavfli?
– Har kuni o‘nlab odamlar qo‘l tekkizadi;
– Tashqaridan kelgan qo‘llar orqali infeksiya yuqadi;
– Tozalash jarayonida ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi.
Ayniqsa gripp, O‘RVI va ichak infeksiyalari mavsumida eshik tutqichlari orqali kasallik tez tarqaladi.
✔️ Nima qilish kerak?
✔️ Uy va ishxonada eshik tutqichlarini kuniga kamida 1 marta dezinfeksiya qilish;
✔️ Mehmon kelgandan so‘ng artib qo‘yish;
✔️ Jamoat joylarida tutqichdan keyin qo‘lni antiseptik bilan tozalash;
✔️ Bolalarga qo‘l yuvish odatini o‘rgatish.
🧼 Oddiy gigiyena – katta himoya!