Yangiliklar

2026-05-22

Ertalabki badantarbiya — salomatlikning dastlabki qadami

topics-img

Bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida turli sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Shu asosda har juma kuni “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida piyoda yurish aksiyalari va ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Sog‘lom turmush uchun 5000 qadam” aksiyasi hamda ertalabki badantarbiya tadbirida Qoraqalpog‘iston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdi.

Bunday tadbirlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish va jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.