Yangiliklar

2025-12-04

🛑 EPIDEMIK PAROTIT (TEPKI) — OLDINI OLISH MUMKIN!

topics-img

😷 Tepki — so‘lak bezlarini yallig‘lanishi bilan kechadigan virusli kasallik bo‘lib, asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Ko‘pincha bolalarda uchrasa-da, kattalarda ham og‘ir asoratlar berishi mumkin.

🔍 QANDAY BELGILAR BILAN NAMOYON BO‘LADI?
Jag' va quloq tagi shishishi
Og‘iz ochishda qiyinchilik
Harorat ko‘tarilishi
Chaynaganda og‘riq

⚠️ MUMKIN BO‘LGAN ASORATLARI:
•  O‘g‘il bolalarda urug‘don yallig‘lanishi
•  Quloq eshitish qobiliyatining pasayishi
•  Oshqozon osti bezining yallig‘lanishi

🛡 OLDINI OLISH CHORALARI
✔️ Tepki bo‘lgan odam bilan yaqin muloqotdan saqlanish
✔️ Gigiyenaga qat’iy rioya qilish
✔️ Belgilar paydo bo‘lsa — darhol shifokorga murojaat qilish
✔️ Eng ishonchli himoya — O‘Z VAXTIDA VAKSINA olish! 

Kanalga obuna bo’lish: @qqses