Ellikqal’a tumanida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Tuman bo‘limi xodimlari mahallalar va ta’lim muassasalarida sanitariya targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘ygan. Hatto kichkintoy bolalarga ham gigiena qoidalari va sog‘lom turmush tarzi haqida tushunchalar berilmoqda.
Kasallik o‘choqlari doimiy nazoratda bo‘lib, maktablarda dam olish paytida profilaktik dezinfeksiya ishlari muntazam amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar aholining sog‘ligini saqlash va infeksion kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Kanalga obuna bo'lish: @qqses